Janubiy Koreyada koronavirusga chalinish holati oshmoqda

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinish holati oshmoqda

Janubiy Koreyada bir sutkada 51 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 719 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi.

May oyidan buyon kasallikning yangi o‘choqlari bemorlar sonining oshishiga olib kelmoqda. 28 mayda kunlik kasallanishlar soni 79 kishiga yetgandi, so‘nggi haftada esa bu ko‘rsatkich 30-50 kishi atrofida bo‘lib turibdi.

So‘nggi sutkada 25 kishi koronavirusdan sog‘ayib chiqib, tuzalganlarning umumiy soni 10 531 nafarga yetdi. Kasallikdan vafot etganlar soni o‘zgarmagan — 273 kishini tashkil qilmoqda.

Janubiy Koreyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha milliondan ortiq test o‘tkazilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!