Itlar bilan davolanishga nima deysiz?

Itlar bilan davolanishga nima deysiz?

Uy hayvonlari ham «shifokor» ekanini bilasizmi? Savolimizga ajablanyapsizmi? Unda diqqat qiling!

Kanisterapiya — itlar yordamida imkoniyatlari chegaralangan odamlarni adaptasiya va reabilitasiya qilish usuli hisoblanadi. Bu usul XVIII asrning oxirlarida ruhiy kasalliklar shifokorlari tomonidan joriy qilingan bo‘lib, ruhiyatida muammosi bor bemorlar ruhiy tahlikaga tushib qolganda maxsus kiyimni kiydirish o‘rniga ularni itlar bilan gaplashishga undashadi. Bu sinov bemorlardagi tajang holatni yumshatib, ruhiy xotirjamlikni ta’minlar ekan.

* Itlar bemorlarni stress holatlaridan xalos etib, ruhiyatini tiklaydi. Odamlar bilan muloqotini yaxshilaydi, depressiya, qo‘rquv va parishonxotirlikni yo‘qotadi.

* Itlar shuningdek, isteriya, nevrasteniya, psixasteniya va nevrozlarni davolaydi.

* Kanisterapiya, ayniqsa, 6-13 yoshda effektiv hisoblanib, Daun sindromi, tutqanoq, DSP, ya’ni bolalar serebral falaji va boshqa tug‘ma xastaliklarda qo‘llanadi.

* Itlar o‘z xo‘jayinining epileptik hurujini 15-20 daqiqa oldindan sezib, ogohlantiradi, tutqanoq paytida yiqilganda travma olmasligi uchun ular o‘zini xo‘jayinining tagiga tashlaydi. Shuningdek, yurak tizimi ishlashini yaxshilab, onkologik kasalliklarni erta bosqichlarida aniqlaydi.

It yungining ham davolovchi xususiyati bo‘lib, qon harakatini yaxshilab, bo‘g‘imlarni qizdiradi. Kayfiyatni ko‘tarib, ta’sirchanlik va uyqusizlikning oldini oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!