Italiyaning to‘rtinchi yirik shahri besh metr masofada boshqa odamlar bo‘lsa, chekishni taqiqladi

Italiyaning to‘rtinchi yirik shahri besh metr masofada boshqa odamlar bo‘lsa, chekishni taqiqladi

Italiyaning to‘rtinchi yirik shahri chekuvchilar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda: endi siz besh metr masofada boshqa odamlar bo‘lsa, hatto ochiq havoda ham sigaret yoqolmaysiz.

Jamoat joylarida chekishga qarshi kurash Italiyada 20 yildan ko‘proq vaqt oldin boshlangan: o‘shandan beri rasmiylar jamoat binolari, idoralar, restoranlar, barlar va mehmonxonalarda chekishni taqiqlagan.

Yangi qonun Turinda odam sigareta yoqish uchun yaqin atrofdagi odamlardan ruxsat so‘rashini bildiradi. Agar ular rozi bo‘lsa, u holda polisiya chekuvchini jarimaga solishga qodir emas (jarima 100 evro). Biroq, homilador ayollar va bolalar ishtirokida chekish qat’iyan man etiladi.

«Bu chekmaydiganlarni hurmat qilish va qaysidir ma’noda hurmat madaniyatini oshirish haqida», - deydi Turin meri Stefano Lo Russo.

Italiya hukumati uzoq vaqtdan beri butun mamlakat bo‘ylab ochiq havoda chekishni taqiqlashni ko‘rib chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!