Italiyada koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi

Italiyada koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi

Italiyada koronavirus infeksiyasi holatlari keskin o‘sdi. May oyidan beri birinchi marta mamlakatda kuniga 552 nafar odamda COVID-19 kasalligi aniqlandi, deya xabar beradi AP.

Boshqa mamlakatlarda ta’til paytida infeksiya yuqtirganlar soni ortib borayotganligi aniqlandi. Kasallik yaqinda Ispaniya, Peru, Malta, Xorvatiya va Gresiyadan qaytib kelgan odamlarda topilgan. Yangi infeksiyalarning uchdan bir qismi Italiyadagi koronavirusning mahalliy episentrlaridan biriga aylangan Veneto mintaqasida uchraydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada 247,9 ming kishi koronavirusga chalingan, 35,1 ming kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!