Italiya Superkubogi. Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dagi birinchi sovriniga ega chiqdi (video)

Italiya Superkubogi. Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dagi birinchi sovriniga ega chiqdi (video)

16 yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Superkubogi uchun Massimiliano Allegri boshqaruvidagi Yuventus klubi Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi Milan jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Mazkur o‘yinda Krishtianu Ronalduning 61-daqiqada kiritgan yagona goli turinliklarga g‘alaba keltirdi (1:0).

Bu portugaliyalik futbolchi uchun Italiya klubi safida qo‘lga kiritilgan dastlabki sovrin bo‘ldi.

Italiya Superkubogi

16 yanvar, chorshanba

Yuventus Milan 1:0

Gol: 1:0 61 Ronaldu.

Yuventus : Shesni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kellini, Bentankur (Bernardeski, 86), Pyanich (Jan, 65), Matuidi, Duglas Kosta (Hedira, 89), Ronaldu, Dibala.

Milan : Donnarumma, Sapata, Rodriges, Kalabriya, Romanyoli, Lukas Paketa (Borini, 71), Bakayoko, Kastilyexo (Iguain, 71), Kessiye, Chalxono‘g‘lu, Kutrone (Konti, 79).

Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘lu (21), Aleks Sandro (26), Pyanich (44), Kastilyexo (45), Rodriges (87), Dibala (90).

Chetlatish: Kessiye (73).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!