Ispaniyalik futbolchi ayol Maradonaning xotirasini sharaflashdan bosh tortdi

Ispaniyalik futbolchi ayol Maradonaning xotirasini sharaflashdan bosh tortdi

Ispaniyalik futbolchi ayol Paula Dapena Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Diyego Maradonaning xotirasini sharaflashdan bosh tortdi, deb xabar berdi “AS”.

Ma’lum qilinishicha, «Viaxes Interrias» va «Deportivo Abanka»jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan sportchilar forvard xotirasini hurmatlash uchun saf tortishgan, ammo Dapena aksiyada qatnashishdan bosh tortgan.

"Men zo‘ravon va zolimning sharafiga bir daqiqa sukut saqlashdan bosh tortdim", deya izohladi o‘z xatti-harakatini Dapena.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 25 noyabrda vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!