Ishlash uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingida Singapur yetakchilik qildi

Ishlash uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingida Singapur yetakchilik qildi

Expat Explorer’ning 2018 yilgi so‘rovi natijalariga ko‘ra, Singapur ekspatlar (ekspatriant — chet ellik ishchi yoki korxonaning chet elda ishlaydigan xodimi) uchun eng yaxshi mamlakat sifatida e’tirof etildi, deb yozadi Spot Bloomberg’ga tayanib.

Ta’kidlanishicha, reyting tuzishda nafaqat daromadlar darajasi, balki turmush sifati ham hisobga olingan. Bu ko‘rsatkichlarga ko‘ra esa davlat-shahar (Singapur) to‘rtinchi marta ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.

Undan keyingi o‘rinda Yangi Zelandiya joylashdi, uchinchi pog‘onani Germaniya egalladi. Shuningdek beshlikdan Kanada va Bahrayn o‘rin oldi.

Agentlik shuningdek, ekspatlarga eng yuqori ish haqi to‘lovchi mamlakatlar ro‘yxatini ham keltirdi. Birinchi o‘rinda Shveysariya nomi qayd etilgan — yiliga 202 ming dollar. Undan keyingi o‘rinlarda 185,1 ming dollar bilan AQSH, 178,7 ming dollar bilan Gonkong va 172,7 ming dollar bilan Xitoy mamlakatlari nomlari keltirildi.

Bundan tashqari, so‘rov ishtirokchilarining 45 foizi o‘z vatanidagi ish haqiga nisbatan ancha yuqori maosh ola boshlaganini ta’kidlagan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!