Iqbol Mirzo: "O‘zbekistonning Falastindan mag‘lubiyati yoshlar muammosi"

Iqbol Mirzo: "O‘zbekistonning Falastindan mag‘lubiyati yoshlar muammosi"

13 sentyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Iqbol Mirzo O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimovga savol bergan:

“O‘zbekiston milliy terma jamoasining Falastinga yutqazib qo‘yishi ham yoshlarning muammosi hisoblanadi. Terma jamoa tarkibining katta qismini yoshlar tashkil etadi, masalan. Tizimni rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar qilyapsizlar?”

Oybek Qosimov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi doim yoshlar bilan hamkorlikda ishlab kelgani, yaqin muddat ichidagi loyihalar bolalar sportini rivojlantirishga yo‘naltirilganligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!