Indoneziya Boeing 737 samolyoti qulashining taxminiy sababini ma’lum qildi

Indoneziya Boeing 737 samolyoti qulashining taxminiy sababini ma’lum qildi

10 yanvar kuni qulagan Indoneziya Sriwijaya Air kompaniyasiga tegishli Boeing 737-500 yo‘lovchi samolyoti suvga urilish ta’sirida qulagan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.

«Bu hali yakuniy xulosa emas... Dastlabki dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, samolyot zarba bilan qulagan», - dedi Transport xavfsizligi qo‘mitasining havo xavfsizligi bo‘yicha rahbari Nurkahio Utomo.

Uning ma’lum qilishicha, samolyot  qulab tushayotgan vaqtda, uning bo‘laklari katta maydonga sochilib ketgan.

Samolyot 10 yanvar kuni halokatga uchragan. Jakarta aeroportidan havoga ko‘tarilgandan bir necha daqiqa o‘tgach, u radar ekranidan yo‘qolgan, so‘ng Laki oroli yaqinidagi suvga qulab tushgan. Shu bilan birga, Indoneziya Qidiruv-qutqaruv boshqarmasi xabar berganidek, samolyot favqulotda signal bermagan. 

Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bortda 62 kishi bo‘lgan: 56 yo‘lovchi va oltita ekipaj a’zosi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!