Ilya Sibirsev "Parij-2024"da mamlakatimiz sharafini himoya qiladi

Ilya Sibirsev "Parij-2024"da mamlakatimiz sharafini himoya qiladi

Kanadaning Vankuver shahrida o‘tkazilgan suzish bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilya Sibirsev Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Aniqrog‘i, Ilya 800 metr masofaga erkin suzish bahslarida 7:50,05 natija qayd etdi va Olimpiya o‘yinlari kvalifikasiyasi me’yorini bajardi. "Parij-2024" Olimpiadasining 800 metrga erkin suzish bahslarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: asli rossiyalik bo‘lgan Ilya Sibirsev sport fuqaroligini almashtirgan holda joriy yildan boshlab O‘zbekiston terma jamoasi safida mamlakatimiz nomidan musobaqalarda qatnashmoqda. Ushbu vaziyatni Butunjahon suv sport turlari federasiyasi ijobiy qabul qilib, rasman tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!