IATA rahbari G‘arbni Rossiya orqali parvozlarni qayta tiklashga tayyorlanishga chaqirdi

IATA rahbari G‘arbni Rossiya orqali parvozlarni qayta tiklashga tayyorlanishga chaqirdi

G‘arb davlatlari Rossiya havo hududi orqali parvozlarni qayta tiklashga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, dedi Xalqaro havo transporti assosiasiyasi (IATA) bosh direktori Uilyam Uolsh.

"Biz Rossiya havo hududini ochish haqida o‘ylashimiz kerak", - deya Uolsh so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

Uning qayd etishicha, Rossiya va Ukraina havo hududi orqali parvozlarni taqiqlash Yevropa osmonida samolyotlarning to‘planishiga olib keldi va aviakompaniyalar uchun katta muammoga aylandi.

IATA rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya havo hududining ochilishi Ukraina mojarosi tugamaguncha sodir bo‘lmasligi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!