Homilador ayol koronavirusga chalinganda qanday muolaja olishi kerak?

Homilador ayol koronavirusga chalinganda qanday muolaja olishi kerak?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi:

Homilador ayol koronavirusga chalinganda qanday muolaja olishi kerak va bu muolaja oddiy muolajadan nimasi bilan farqlanadi?

- Homilador ayol koronavirusga chalinsa, ayollar maslahatxonasidagi kuzatuvchi shifokori va oilaviy poliklinikadagi shifokoriga murojaat qiladi.

Agar kasallik simptomsiz kechayotgan bo‘lsa, barcha epidemiologik va gigiyenik tadbirlarga rioya qilgan holda uy sharoitida yakkalangan tartibda nazoratda bo‘ladi.

Kasallik alomatlari paydo bo‘lsa, zudlik bilan maxsus ajratilgan kasalxona yoki tug‘ruq kompleksiga stasionar davolanishga o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!