Pokistonda Rossiya diplomati ham bo‘lgan elchilar delegasiyasiga hamrohlik qilayotgan mashina portlatildi

 Pokistonda Rossiya diplomati ham bo‘lgan elchilar delegasiyasiga hamrohlik qilayotgan mashina portlatildi

Mahalliy matbuotning yozishicha, 12 davlat elchilari, jumladan, Rossiyaning Pokistondagi elchisi Albert Xorev bo‘lgan avtomobillar kortejiga hamrohlik qilayotgan polisiya mashinasi mina yordamida portlatilgan. Hodisa oqibatida uch nafar polisiyachi yaralandi, bir nafari halok bo‘ldi.

"Diplomatik korpus vakillari jabrlanmagan", deb xabar qildi Rossiyaning Islomoboddagi elchixonasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!