Eronda gaz konining portlashi qurbonlari soni 51 kishiga yetdi

Eronda gaz konining portlashi qurbonlari soni 51 kishiga yetdi

Eron sharqidagi Janubiy Xuroson viloyatining Tabas shahrida ko‘mir konida gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 51 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Mehr axborot agentligi.

Avvalroq 30 kishi halok bo‘lgani ma’lum edi. Yana 20 kishi jarohatlangan. 40 kishidan iborat guruh qutqaruv operasiyasini olib bormoqda va vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Portlash kecha, 21 sentyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Madanjo konining ikkita blokida (B va C) gaz portladi. Janubiy Xuroson gubernatori ma’lum qilishicha, mintaqa mamlakatning ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojining 76 foizini ta’minlaydi.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida bloklarda 69 nafar ishchi bo‘lgan. Ayni paytda B blokida qutqaruv operasiyasi yakunlandi, u yerda 17 qurbon va 30 kishining jasadi topildi. Yaqinda boshlangan C blokidagi operasiya taxminan 3-4 soat davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!