Hindistonda tug‘ruqxonada yong‘in chiqdi. 10 ta chaqaloq halok bo‘ldi

Hindistonda tug‘ruqxonada yong‘in chiqdi. 10 ta chaqaloq halok bo‘ldi

Hindistonning Maxarashtra shtatidagi kasalxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada o‘nta yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot yetdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Fojia bemorlar yotgan binoda kech tunda sodir bo‘ldi. Hamshira neonatal palatasidan tutunni payqab, bu haqda xodimlarga, shuningdek o‘t o‘chiruvchilarga xabar qildi. Yetti nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqning hayoti saqlab qolindi. Ta’kidlanishicha, Bxandara shahridagi avariyaga, ehtimol, qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi yong‘inda halok bo‘lgan bolalarning oilalariga hamdardlik bildirdi va voqeani "yurakni ezuvchi fojia" deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!