Hindistonda davlat va xususiy sektorda ishlovchi barcha ishchilarning Bluetooth kuzatish dasturidan foydalanish va idoralarda ijtimoiy masofalanish majburiy etib belgilandi.
Juma kuni Bosh vazir Narendra Modi hukumati Hindistonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun karantin yana ikki haftaga uzaytirilganini e’lon qildi. Ammo, virus xavfi kam bo‘lgan hududlarda cheklovlar yumshatilishiga ruxsat berildi.
Hindiston o‘tgan oyda koronavirus bilan kurashish doirasida Aarogya Setu deb nomlangan Bluetooth va GPS orqali ishlaydigan tizimni ishga tushirdi. Bu mobil ilova Hindiston Milliy Informatika Markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Ilova odamlarni o‘zlari uchrashgan insonda koronavirus aniqlangani haqida ogohlantiradi.
Hindiston texnologiya vazirligi rasmiylari 1,3 milliard odam yashaydigan mamlakatda mazkur ilovaning samara berishi uchun u kamida 200 million kishining telefonida bo‘lishi kerakligini aytdi.
Google Play Store ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ilova Android telefonlarida taxminan 50 million marta yuklab olingan.
Mazkur dastur hukumatga virusning avj olgan nuqtalarini aniqlashda yordam beradi va ilova haqidagi ma’lumotlar faqat tibbiy maqsadlar uchungina ishlatiladi.
Hindistonda hozirgacha 37000 dan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan va ularning 1218 nafari vafot etgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.