Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 milliondan oshib ketdi

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 milliondan oshib ketdi

19 dekabrda Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 milliondan oshdi. Bugungi kunga kelib Hindistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik holatlar so‘nggi uch oydagi eng past ko‘rsatkichga tushgan.

O‘tgan sutka davomida Hindistonda 25 152 kishiga  COVID-19  tashxisi qo‘yilgan va 347 kishi ushbu kasallik sabab olamdan o‘tgan. Bu mamlakatda sentyabr oyi o‘rtalarida kunlik kasallanish holatlari 100 mingdan oshayotgandi. Ayni paytda bu yerda virus qurbonlarining soni 145 136 nafarni tashkil qilmoqda.

«Agar biz keyingi ikki-uch oy davomida yangi kasallanish holatlarining kamayish tendensiyasini ushlab tura olsak, emlash dasturini boshlashimiz va pandemiyadan qutulish imkoniga ega bo‘lishimiz mumkin» deydi Sog‘liqni saqlash bo‘yicha hukumat mutaxassisi doktor Randeep Guleriya.   Hindiston 2021 yilning iyul oyiga qadar 250 million kishini koronavirusga qarshi emlamoqchi. Hukumat umumiy hisobda 450 milliondan 500 milliongacha dozada vaksina sotib olishni maqsad qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!