Havosi eng ifloslangan shahar ma’lum bo‘ldi. U Markaziy Osiyoda joylashgan

Havosi eng ifloslangan shahar ma’lum bo‘ldi. U Markaziy Osiyoda joylashgan

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek havosi ifloslanganligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Bundan World Air Quality (“Dunyo havosi sifati”) xalqaro tashkiloti saytida e’lon qilingan tadqiqot natijalari darak bermoqda.     

Havosi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxatida 2-o‘rinni Kobul (Afg‘oniston), 3-o‘rinni esa Daqqa (Bangladesh) egallamoqda.

Bishkek ushbu ro‘yxatda oxirgi hafta ichida ikkinchi marta 1-o‘rinni egallamoqda. Bungacha Qirg‘iziston poytaxti 2- va 3-o‘rinlarni egallagan.  

Bishkekda havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyat oxirgi 3 yil ichida keskinlasha boshlagan. Mutaxassislar bunga bir necha sababni keltirishmoqda: birinchidan, Bishkek issiqlik elektr stansiyasining sifatsiz rekonstruksiya qilinishi; ikkinchidan, shaharda shamollar aylanishini hisobga olmagan holda ko‘p qavatli uylarning betartib qurilishi; uchinchidan, avtomobillarning ko‘pligi.  

Ba’zi jamoat tashkilotlari hafo ifloslanishi sababli Bishkekda favqulodda vaziyat rejimini kiritishni talab qilishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!