Hatto muzlik davrida ham tish shifokoriga ish topilgan

Hatto muzlik davrida ham tish shifokoriga ish topilgan

Odamlarning tishlari hamma zamonlarda ham og‘rigan. Garchi u paytlarda sigaret chekish, shirinliklar yeyish yoki “shirin” suvlar ko‘p bo‘lmasa-da, hatto muzlik davrida ham tish shifokorlari bo‘lgan. Har holda, arxeologlarning oxirgi topilmalari shundan darak bermoqda.

Italiyadagi qazishma ishlari davomida bir vaqtning o‘zida ikki joydan bitum bilan plombalangan tish topilgan. Topilmalar og‘izning yuqori qismidagi tishlar bo‘lib, ular bemorning umri mobaynida davolab borilgan.

Tadqiqot rahbari Stefano Benazzining so‘zlariga ko‘ra, qadimgi stomatologlar qanday asboblardan foydalangani hozircha noma’lum, ammo ular tishlarini mohirona davolagan. Keyin, dorivor o‘simliklar bilan aralashtirilgan mum tishga qo‘yiladi va shundan keyingina tish bitum bilan to‘ldirildi.

Zamonaviy tish shifokorlari ham, ushbu amaliyot antiseptik va og‘riq qoldiruvchi xarakterda ekanligini aytishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!