Har bir viloyatning ikkita tumanida tajriba tariqasida obodonlashtirish xususiy sektorga topshiriladi

 Har bir viloyatning ikkita tumanida tajriba tariqasida obodonlashtirish xususiy sektorga topshiriladi


Har bir viloyatning ikkita tumanida tajriba tariqasida obodonlashtirish xususiy sektorga topshiriladi, deb xabar berdi Podrobno.uz muxbiri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha hududlarni obodonlashtirishning prinsipial yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, respublikaning 26 ta hududida obodonlashtirish boshqarmalari funksiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida korxonalarga o‘tkaziladi.

Tadbirkorlarga daraxt va gullar ekish, parvarishlash, ariqlarni tozalash, ko‘chalarni yoritish, chiqindilarni olib tashlash uchun muayyan hududlar ajratiladi.

Yangi tajriba joriy yil oxirigacha sinovdan o‘tkazilib, 2025 yildan boshlab barcha tuman va shaharlarda joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, obodonlashtirish ishlarini xususiy sektorga o‘tkazish masalasi joriy yilning fevral oyida muhokama qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!