Hammani charchatdingiz...

Hammani charchatdingiz...

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bomdod namozidan keyin xalifa Abu Bakr roziyallohu anhuni kuzatardilar. Bilganlari, Madina atrofidagi bir uyga kirib uzoq vaqt qolib ketishlari bo‘ldi. Kunlar o‘tar, xalifa shu jajjigina uyni ziyorat qilishni qo‘ymasdilar. Sir nimada ekanini bilish uchun Umar, Abu Bakr chiqqanlaridan keyin uyga kirishga qaror qildilar. Kirsalar, harakatlanishga madori yo‘q nogiron va ko‘r bir kampir o‘tiribdi. Undan: "Bu odam oldingizda har kun nima qiladi?" deb so‘radilar. Kampir: "Allohga qasamki, men uni tanimayman. Lekin har kun kelib uyni tozalaydi, supuradi va menga taom tayyorlaydi, so‘ng qaytib ketadi" deya javob qildi. Umar buni eshitib tizzalab qoldilar va ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. Keyin o‘zlarining quyidagi mashhur so‘zlarini aytdilar:
O‘ZINGIZDAN KEYINGI XALIFALARNI CHARCHATDINGIZ, EY ABU BAKR!!
---
Nafaqat xalifalarni, balki hammamizni charchatdingiz ey Abu Bakr! Sizning notanish kampirga ko‘rguzgan bu yaxshiligingizning loaqal bir qismini, loaqal ota-onamizga yoki biror yaqinimizga qila oldikmi?! Ha charchatdingiz.. juda chartadingiz, uyaltirdingiz, sharmanda qildingiz!!!

Mubashshir Ahmad

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!