"Hamma menga qurol o‘qtalardi": yigit nega mashinadan yo‘lovchilarni o‘qqa tutganini aytdi

"Hamma menga qurol o‘qtalardi": yigit nega mashinadan yo‘lovchilarni o‘qqa tutganini aytdi

17 iyun kuni mashinadan o‘tib ketayotganlarga qarata o‘q uzgan va Feniks polisiyasi tomonidan hibsga olingan kishi qurolli hujumiga izoh berdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni yo‘ltanlamas haydovchisi tomonidan turli hududlarda kamida sakkiz marta ochilgan otishma natijasida bir kishi halok bo‘ldi va 12 kishi jarohat oldi.

Polisiya gumonlanuvchini hibsga oldi, uning shaxsi va jinoyat sabablari bir kundan keyingina ma’lum bo‘ldi. 19 yoshli Ashin Trikariko jinoyatda gumon qilinmoqda. O‘smir polisiyaga o‘tkinchilar uni kuzatib borayotgandek his qilgani haqida xabar bergan.

"Ashin har bir o‘tgan odam unga to‘pponcha ko‘rsatmoqda deb o‘ylardi", dedi polisiya jurnalistlarga.

Ashin Trikariko birinchi darajali qotillik, avtomashinada otishma, og‘ir tajovuzda ayblanmoqda. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!