Hakamlarni haqorat qilgan Marat Bikmayev 2 ta o‘yindan chetlatilib, 10 mln so‘m jarimaga tortildi

Hakamlarni haqorat qilgan Marat Bikmayev 2 ta o‘yindan chetlatilib, 10 mln so‘m jarimaga tortildi

O‘FA musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandining "E" qismini qo‘pol ravishda buzgan Marat Bikmayevni navbatdagi ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatdi va futbolchiga nisbatan 10 million so‘m miqdorida jarima belgiladi.

"Turon24.uz" manbasining xabar berishicha, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-tur uchrashuvlari doirasida Metallurg – Lokomotiv bahsining 90+4 daqiqasida “temiryo‘lchilar” jamoasi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan futbolchi – Marat Bikmayev maydondan chetlatigan.

Ma’lum bo‘lishicha, Bikmayev hakamlar guruhi sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgan, shu bois uchrashuv bosh hakami Vladislav Seytlin uni o‘yindan chetlatgan.

Seytlin yozma bildirgi orqali ushbu vaziyatga izoh berib, Bikmayev avvaliga zaxira hakamini, so‘ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!