Guterrish musulmonlarga: “Sizlar yolg‘iz emassizlar, butun dunyo sizlar bilan”

Guterrish musulmonlarga: “Sizlar yolg‘iz emassizlar, butun dunyo sizlar bilan”

22 mart, juma kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkdagi Islom madaniyat markaziga bordi va namozdan oldin nutq so‘zladi.

BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari bo‘lib ishlagan paytimda musulmon mamlakatlarning mehmondo‘stligiga muntazam guvoh bo‘lganman, dunyoda ko‘plab chegaralar yopiq, biroq ular har doim kulfatda qolganlarga o‘z chegaralarni ochishgan , dedi Guterrish.

Bir hafta oldin Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikki masjidda ellik kishi terrorchi tomonidan o‘ldirildi, o‘nlab kishilar yaralandi. BMT Bosh kotibi musulmonlardan biri masjidning kirishida noma’lum kishiga uning terrorchi ekanini bilmagan holda Salom, birodar deganini eslatdi:
Bu men qattiq hurmat qiladigan Islom diniga xos bo‘lgan idrok, bu sevgi, shafqat, kechirish va rahmdillikning namoyon bo‘lishi .

Shuningdek, u musulmonlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi:
Men bu yerga sizlar yolg‘iz emasligingizni aytish uchun keldim. Butun dunyo sizlar bilan. BMT sizlar bilan. Men sizlar bilanman .

Manba: azon. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!