Gurlan va Yangibozor tumanlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotayotgan savdo do‘konlari aniqlandi

Gurlan va Yangibozor tumanlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotayotgan savdo do‘konlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gurlan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O`.S.” xususiy korxonasining Gurlan tumanidagi savdo do‘konida aksiz markasiz 588 quti “Esse Change”, “Bisness Royals”, “Mond”, “Milano Tech”, “Milano Paris”, “Milano London” va “Milano Red” nomli tamaki mahsulotlari, shuningdek, qalbaki aksiz markali 314 dona “Qarataw”, “Sobranie”, “Roberto Cavallia”va “Bionica” nomi ostidagi qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Yangibozor tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.A.” xususiy korxonaga qarashli savdo do‘konida qalbaki aksiz markali 240 dona “Diplomat”, “Qarataw”, “Sheryurak” va “Dobriy vecher” nomi ostidagi qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!