Gulnora Karimova: «Buni mehmonxona ham deb bo‘lmaydi»

Gulnora Karimova: «Buni mehmonxona ham deb bo‘lmaydi»

Davlat soliq qo‘mitasining Biznes-ekspress loyihasi o‘z biznesini tashkil etishni maqsad qilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Biznesni yuritish bo‘yicha tajribali tadbirkorlikning o‘ziga xos jihatlari, uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va ularni hal etish yo‘llari haqida so‘z boradi.

Loyiha doirasidagi ilk biznes-trening Umumiy ovqatlanish va restoran biznesini tashkil qilish mavzusiga o‘tkazilgan edi. Loyihaning navbatdagi turida Har bir oila tadbirkor dasturiga bag‘ishlandi. Daryo muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning ma’lum qilishicha, Tadbir ishtirokchilari dastlab mehmonxona biznesi bo‘yicha 20 yildan buyon ishlab kelayotgan Gulnora BB oilaviy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Buni mehmonxona deb bo‘lmaydi. Bu xuddiki uy. Mehmonlar o‘zini uyida yurgandek his qiladi. Oshxonada choy damlab ichadi, kerak bo‘lsa, o‘zi uchun ovqat ham pishirish imkoni bor va ancha arzon. Bir kecha qolish narxi 10 dollar ham bo‘lmagan uy mehmonxonalari uzoq muddatga kelgan va oilaviy turistlar uchun juda qulay , dedi oilaviy mehmonxonaga asoschisi Gulnora Karimova.

Tadbirkor Gulnora Karimovaning qo‘shimcha qilishicha, u faoliyatini bor-yo‘g‘i 4 6 kishini sig‘dira oladigan sharoitdan boshlagan. O‘tgan yillar davomida mehmonxona kengayib, hozirda 32 nafar mehmonni bir vaqtning o‘zida qabul qilish imkoniyatiga ega. Besh nafar oila a’zosi mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi.

Non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Zuzzi oilaviy korxonasi asoschisi Zilola Usmonova Har bir oila tadbirkor dasturidan foydalanib, 3 yil muddatga yillik 8 foizlik imtiyoz bilan 150 million so‘m kredit olgan.

Bankdan kredit olib, ish boshlaganimga ikki oy bo‘ldi. Ishlab chiqarish qiyinligini bilardim. Qo‘rquv bo‘ldi, hatto ustimdan kulishmasmikin, deb ham o‘yladim. Menimcha, qo‘rqish ham kerak, lekin yaxshi niyat qilish lozim. Insonda nimagadir erishish uchun maqsad va shasht bo‘lsa, kifoya ekan , deydi Zilola Usmonova.

Yosh tadbirkorning ta’kidlashicha, kredit summasi ko‘pdek ko‘rinadi, lekin u oyma-oy bo‘linganida to‘lash qiyin emas. To‘lovlar asta-sekin ishlab chiqarishdan qoplab boriladi. Dastlabki olti oylik imtiyozli davrd kreditning faqat foizi to‘lanadi. Bu vaqt ichida bemalol oyoqqa turib olish mumkin.

Korxonada uch nafar xodim bilan 25 turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarilmoqda. Kunlik tushum o‘rtacha 270 300 ming so‘m.

Gulnora BB va Zuzzi korxonalari faoliyati bilan tanishuvdan so‘ng, Davlat soliq qo‘mitasida Biznes-ekspress loyihasi ishtirokchilari bilan oilaviy tadbirkorlik uchun taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari va bankdan kredit olish shartlari masalasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi Botir Abdullayev kredit olishni rejalashtirgani, biroq unga yaqin hududdagi bank filiali turli hujjatlarni olib kelishni talab qilib, kredit berishni rad etganini aytdi. Shunda Milliy bankning Mirzo Ulug‘bek filiali boshqaruvchisi unga 35 million so‘m miqdorida kredit ajratilishi yuzasidan amaliy yordam berdi.

Yosh tadbirkor Artur Sarkisyan mehmonxona biznesini tashkil etishga qiziqish bildirgan. Lekin buning uchun u mehmonxona qurish uchun yer maydoniga ehtiyoj sezmoqda. Davlat soliq qo‘mitasi ekspertlari yer maydonini qanday sotib olish mumkinligini tushuntirdi va bu borada yana biror qiyinchilik duch kelsa, yordam ko‘rsatishni va’da qildi.

Biznes-ekspress yakunlari bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘z biznes-rejalariga ega ikki nafar ishtirokchi Kamoliddin Sharopov (kimyoviy tozalash xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun) va Farhod Davletovga (avtomobillar uchun rezina ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun) 200 millon so‘mlik kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Ishtirokchilarga Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etiladigan biznes-treningda qatnashish uchun taklifnoma ham taqdim etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!