Gruziya Yevropa investisiya bankining 100 mln yevrolik kreditidan voz kechdi

Gruziya Yevropa investisiya bankining 100 mln yevrolik kreditidan voz kechdi

Gruziya Yevropa investisiya bankining (EIB) 100 mln yevrolik kreditidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Gruziya parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2016 yilda Gruziyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish loyihasi bo‘yicha moliyaviy kelishuv imzolangan va EIB loyihani amalga oshirish uchun 100 mln yevro kredit ajratgan.

Qishloq xo‘jalik vazirligining sa’y-harakatlariga qaramasdan, Gruziya tijorat banklari valyuta xavfi majburiyatlarini o‘z zimmalariga olmadi. Natijada yevrodagi kredit foizi fermerlar uchun baland - yillik 8-9%ni tashkil etdi. Shuning uchun hukumat ajratilgan kreditdan voz kechishga qaror qildi , - dedi moliya vaziri o‘rinbosari Georgiy Kakauridze.

Moliya vazirining ma’lum qilishicha, 2018 yilda Gruziya va EIB o‘rtasida mazkur kreditni bekor qilish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Hozirgacha EIB Gruziyada umumiy qiymati 1,5 mlrd yevrolik 21 loyihani amalga oshirdi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!