Gruziya Bosh vaziri G‘arb elchilarini xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilishga taklif qildi

Gruziya Bosh vaziri G‘arb elchilarini xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilishga taklif qildi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze AQSH, Yevropa Ittifoqi va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchilarini kelasi haftadan boshlab parlamentda ko‘rib chiqiladigan xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taklif qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Biz elchilarning Gruziyaning xalqaro pozisiyalarini mustahkamlashga qaratilgan barcha qadamlari va bayonotlarini yuqori baholaymiz va kelgusida ularning barcha asosli maslahat va tavsiyalariga alohida e’tibor qaratamiz», — deya Kobaxidzening bayonotidan iqtibos keltiradi agentlik.

Bosh vazirning aniqlik kiritishicha, xorijiy diplomatlar so‘nggi yillarda Gruziyada bo‘lib o‘tayotgan siyosiy debatlarda faol ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!