Gresiya COVID-19’ga qarshi emlanganlarda jiddiy asoratlar kuzatilganini ma’lum qildi

Gresiya COVID-19’ga qarshi emlanganlarda jiddiy asoratlar kuzatilganini ma’lum qildi

Gresiyada koronavirusga qarshi emlashdan so‘ng yuz bergan beshta jiddiy nojo‘ya holat haqida ma’lum qilingan. Bu haqda mamlakat Milliy emlash qo‘mitasi rahbari Mariya Teodoriduga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

«Anafilaktik reaksiya bilan bog‘liq beshta jiddiy nojo‘ya ta’sir holatlari yuzaga keldi va ular samarali davolandi. Yana bir nojo‘ya holatning esa emlash bilan bog‘liqligi to‘g‘risida yakuniy hujjatlar yo‘q», — dedi Milliy emlash qo‘mitasi raisi, professor Mariya Teodoridu brifingda.

Shu bilan birga, Teodoridu so‘zlariga ko‘ra, Gresiyada emlashning oraliq natijalari «jahon ilmiy ma’lumotlariga to‘liq mos keladi».

Birinchi tibbiy-sanitariya yordami bosh kotibi Marios Femistokleosning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda emlash sur’ati ortmoqda. Uning ta’kidlashicha, Gresiyada hozirgi vaqtda COVID-19’ga qarshi emlashning o‘rtacha ko‘rsatkichi Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga nisbatan yaxshiroq. Mamlakatda vaksinasiya Pfizer/BioNTech va Moderna preparatlari orqali amalga oshirilmoqda. Gresiya 15 fevraldan boshlab AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni boshladi, mazkur preparat faqat 60 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan kishilarda qo‘llaniladi.

Avvalroq Gresiyada 85 yoshli erkak COVID-19’ga qarshi emlanganidan keyin vafot etgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, emlashdan sakkiz daqiqa o‘tgach, erkak hushidan ketgan. Unga yurak-o‘pka reanimasiyasi (massaji) bilan birinchi yordam berilganidan so‘ng besh daqiqa davomida o‘ziga kelgan, ammo yana hushidan ketgan.

Shuningdek, AQShda 21 yanvar kuni  COVID-19’ga qarshi emlangan bemor oradan bir necha soat o‘tib, vafot etgani haqida xabar berilgandi. Uning vafoti yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tekshiruv boshlagan.

Isroilda esa koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan 13 kishida vaqtinchalik yuz falaji yuzaga kelgan. Bemorlardan birining ma’lum qilishicha, u emlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, iyagi va og‘zida g‘alati hissiyotni sezgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!