Gollivudning mashhur ovoz rejissyori o‘zbek filmida

Gollivudning mashhur ovoz rejissyori o‘zbek filmida

“Oskar” mukofoti sovrindori, amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua yosh rejissyor Muxlisa Azizovaning “Scorpion” filmini ovozlashtirish ishlarida ishtirok etdi.

Geri Burjuaning filmografiyasidagi “Everestdan chang‘ida tushgan odam” (“Chelovek, kotoriy spustilsya na lijax s Everesta”) nomli hujjatli film o‘z vaqtida “Oskar”ga munosib ko‘rilgan.

Geri jahonga mashhur “Bornning ustunligi” (“Prevosxodstvo Borna”), “Ilk qasoskor” (“Perviy mstitel”), “Charli farishtalari” (“Angeli Charli”), “Fantastik to‘rtlik” (“Fantasticheskaya chetverka”) kabi yuzlab filmlarda ham faoliyat yuritgan.

– Meni o‘zbekistonlik yosh rejissyor Muxlisa Azizova hamda prodyuser Oybek Abdushukurov suratga olgan “Scorpion” filmiga taklif etishdi. Bu sarguzasht jangari film bo‘lib, Ivan Buryayev unga ajoyib musiqa yozgan. Rossiyalik ovoz rejissyorlar – Aleksey Sinisin va Dmitriy Klimanov meni ham ushbu loyihaga taklif etishganda, rozi bo‘ldim. “Scorpion” loyihasida men dialoglar va musiqaga javob beraman. Dmitriy Kliminov va Aleksey Sinisin esa ovoz effektlari hosil qilish va shovqinlarga mas’ul, – dedi Geri Burjua Rossiya nashrlaridan birida bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Scorpion” filmi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olingan. “Scorpion”da bugungi kunning dolzarb muammosi – xalqaro jinoyatchilik mavzusiga yoshlar nigohi bilan qaralgan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!