GM UZBEKISTAN nima sababdan Asaka zavodida dilerlik korxonalari vakillarini to‘pladi?

GM UZBEKISTAN nima sababdan Asaka zavodida dilerlik korxonalari vakillarini to‘pladi?

2018 yilning 10 oktyabr kuni «GM UZBEKISTAN» AJning Asaka shahridagi zavodida ichki bozorda faoliyat yurituvchi dilerlik korxonalari vakillari, kompaniya rahbariyati va xodimlari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv chog‘ida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati hamda dilerlik korxonalarining mijozlar bilan faoliyatida yuzaga kelayotgan boshqa muammolar muhokama qilindi.

Mijozlarga mahsulot haqida batafsil ma’lumot berishda dilerlar faoliyatini inobatga olib ularni bevosita ishlab chiqarish jarayoni hamda sifat nazorati bilan tanishtirildi. Muammolarga o‘z vaqtida javob berish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatni yaxshilash maqsadida bu kabi konferensiyalarni dilerlar uchun doimiy ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Manba: asr.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!