Germaniyada nasistlar ramziy belgilariga ega videoo‘yinlarga ruxsat berildi

Germaniyada nasistlar ramziy belgilariga ega videoo‘yinlarga ruxsat berildi

Germaniyada nasistlar ramziy belgilaridan foydalanadigan videoo‘yinlarni tarqatishga ruxsat berildi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.

Germaniyada ko‘ngilochar dasturiy ta’minotni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot - USK nasistlar ramziy belgilaridan foydalanadigan videoo‘yinlarni mamlakat hududida butunlay taqiqlash o‘rniga, qo‘shimcha yosh reytingini o‘rnatish mumkin deb qaror qildi.

Shu bilan birga, taqiqlangan belgilar videoo‘yinlarda «ijtimoiy jihatdan adekvat» bo‘lishi kerak. Bu nasistlar ramziy belgilari badiiy yoki ilmiy maqsadda xizmat qilishi yoxud aniq tarixiy voqealarni qayta tiklashda qo‘llanilishi kerakligini anglatadi, deya ta’kidlab o‘tishgan tashkilotdan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!