Germaniyada boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni hibsga olindi

Germaniyada boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni hibsga olindi

Germaniyada boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Feliks Shturm hibsga olindi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi. Shturm soliq to‘lamaslikda ayblanmoqda.

Sobiq bokschi 2016 yilda faoliyatini yakunlagach, o‘zining tarixiy vatani Bosniyaga qaytgan.

Germaniyada bokschiga sud da’vosi xavf solgan. Gap shundaki, Shturm oxirgi jangida rossiyalik Fyodor Chudinov ustidan bahsla g‘alabani qo‘lga kiritgan va undan WBA chempioni kamarini tortib olgan. Biroq doping sinovda uning namunasida stanozolol anabolik steroidi aniqlangan. Shuningdek, jangdan keyin Chudinovning qo‘lqopini toksikologik ekspertizaga jo‘natishga qaror qilingan.

Shu sababli bokschi steroidlarni ishlatgani uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin bo‘lgan. Shunda Shturm faoliyatini yakunlashini e’lon qilib, Bosniyaga qaytib ketgan. Shundan keyin Chudinovga chempionlik unvoni qaytarilgan.

Shturm havaskorlik boksida jahon chempioni bo‘lgan, 2000 yilgi Olimpiadada ishtirok etgan. Bokschi professional boksda ikkita vazn toifasida jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.

Manba: oxo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!