«G‘azabli muzokaralar»: Guardian Nursulton Nazarboyevni topdi

«G‘azabli muzokaralar»: Guardian Nursulton Nazarboyevni topdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ommaviy norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlangan yanvar oyi boshidan beri omma oldiga chiqmadi. OAV u va uning oilasi respublikani tark etishi mumkinligi haqida yozgan edi, biroq Britaniyaning Guardian gazetasi Nazarboyevning poytaxt Nur-Sultonda qolayotganini bilib oldi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev norozilik namoyishlari orqali hokimiyatni egallab olishda ayblanayotgan Nazarboyev va uning oilasini hokimiyatdan chetlatish uchun bosim o‘tkazdi. Manbalarning aytishicha, aktivlarni qayta taqsimlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

«Nazarboyev davri tugagani aniq»
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat poytaxti Nur-Sultonda qolmoqda va davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev bilan aktivlar, daromadlar va tabiiy resurslar ijarasini qayta taqsimlash bo‘yicha «qattiq muzokaralar» olib bormoqda, deb yozadi Guardian gazetasi.

G‘arb hukumatining «Qozog‘istonda aloqalari bor» sobiq amaldoriga ko‘ra, mamlakatda hokimiyat uchun kurash davom etmoqda va «hamma narsa og‘riqsiz yakunlanishiga kafolat yo‘q». Nashrning qayd etishicha, Toqayev repressiv choralarni qo‘llagan va nihoyat o‘zidan oldingi prezident va uning oilasini hokimiyatdan mahrum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!