Gay Rayder O‘zbekistonga keldi

Gay Rayder O‘zbekistonga keldi

Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori, janob Gay Rayder boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga yetib keldi.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Mehnat sohasi istiqboli: Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida munosib bandlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya munosabati bilan bugun 13 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori, janob Gay Rayder boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga yetib keldi.

 

Delegasiya tarkibidan Gay Rayder bilan birga, XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Mintaqaviy byurosi direktori Xayns Kyoller, XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Byurosi direktori Olga Kulayeva, bandlik masalalari bo‘yicha XMT byurosi bosh mutaxassisi Mixail Pushkin, XMT bosh direktori maslahatchisi Odri Espozito, ish beruvchilar faoliyati bo‘yicha XMT byurosi bosh mutaxassisi Vladimir Churovich, mehnat qiluvchilar faoliyati bo‘yicha XMT byurosi mutaxassisi Gocha Aleksandriya, ijtimoiy himoya bo‘yicha XMT byurosi mutaxassisi Yasmina Papa singari xorijiy ekspertlar o‘rin olgan.

Delegasiya Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining raisi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov tomonidan kutib olindi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!