Fransiyadagi qamoqxonalarda mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Fransiyadagi qamoqxonalarda mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Fransiya qamoqxonalaridagi mahbuslar soni jazoni o‘tash muassasalarining maksimal sig‘imidan deyarli chorakdan oshib, yana rekord o‘rnatdi. Bu haqda BFMTV telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil davomida mahkumlar soni 4,4 ming nafarga ko‘payib, yana bir rekord o‘rnatdi va 76,7 ming kishiga yetgan. Shu bilan birga, Fransiya qamoqxonalarining maksimal sig‘imi 61,6 ming kishini tashkil qiladi.

Haddan tashqari gavjumlik tufayli 3000 dan ortiq mahbus poldagi matraslarda uxlashga majbur bo‘lmoqda.

Shuningdek, tergov izolyatorlaridagi vaziyat yanada og‘irroq ekani ta’kidlanmoqda. U yerda saqlanayotganlar soni umumiy sig‘imdan 50 foizga ko‘proq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!