Fransiyada 15 yoshdan kichik bolalarga mobil telefondan foydalanish taqiqlandi

Fransiyada 15 yoshdan kichik bolalarga mobil telefondan foydalanish taqiqlandi

Yozgi ta’tildan qaytgan fransuz o‘quvchilari endi maktabda telefonlardan foydalanishi mumkin emas. Yangi qonunga ko‘ra, 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarga kunning istalgan vaqtida telefondan foydalanish taqiqlandi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning prezidentlik kampaniyasida bergan va’dasiga asosan, iyul oyida qabul qilingan qonun bilan mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari dars vaqtida har qanday turdagi mobil aloqa vositalaridan foydalana olmaydi.

Tushlik vaqtida ham ruhsat yo‘q

Ularga mobil telefonlardan hatto tushlik vaqtida ham foydalanishga ruhsat berilmaydi. Bunga sabab hukumat o‘quvchilarning mobil telefonlarga odatlanib qolayotgani va chalg‘iyotganidan xavotirda.

5 avgustdan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, 15 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar barcha turdagi mobil telefon, shuningdek, planshet, smart watch'larni ishlatishi mumkin emas.

Fransiya maktablarida dars paytida uyali telefonlarni ishlatishga taqiq 2010 yildan beri amalda ekanligiga qaramay, yangi qonun tanaffus va ovqatlanish vaqtiga taalluqli.

Yangi qonunga asosan, o‘quvchilar kun davomida uyali telefonlarni o‘chirishi yoki javonga qo‘yishi kerak.

XXI asr qonuni”

Fransiya ta’lim vaziri Jan-Mishel Blanker iyulda qabul qilingan qonunni “21 asr qonuni” deb atadi va u 12 million fransuz o‘quvchilari orasida tartibni yaxshilashga yordam berishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!