Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda

Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda

Fransuz razvedkasi Moskva viloyatidagi teraktdan deyarli bir hafta o‘tib, Fransiyaga ommaviy terrorizm qaytishi mumkinligidan xavotirda. Shu sababli ular mamlakatdagi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda. Bu haqda Europe1 xabar berdi.

Fransiya razvedkasi mamlakat ichki ishlar vaziriga Markaziy Osiyo fuqarolariga e’tibor qaratishni kuchaytirish bo‘yicha xabar yuborgan.

“O‘tgan haftada biz odatda kuzatadigan Markaziy Osiyo fuqarolari orasida faollik oshganini ko‘rmoqdamiz”, — deyiladi razvedka xabarida.

Shu sababli Fransiya xavfsizlik xizmatlari Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga ko‘proq e’tibor qaratishga qaror qildi. Hozirda Fransiyada terrochilik tahdidi maksimal darajaga ko‘tarilgan.

Fransiyada jami beshta terror tahdidi darajasi mavjud bo‘lib, ular oqdan (xavfsiz) binafsha ranggacha (bir vaqtning o‘zida yoki turli vaqtlarda yirik terrorchilik hujumlari xavfi) bo‘lgan xavfni o‘z ichiga oladi. Parij oxirgi marta 2023 yilning oktyabr oyida HAMASning Isroilga hujumidan keyin tahdid darajasini maksimal darajaga ko‘targan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!