Fransiya Putinga ultimatum qo‘ydi!

Fransiya Putinga ultimatum qo‘ydi!

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Rossiyadan Aleksey Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea yuzasidan ochiq tergov o‘tkazishni talab qildi. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.

Makron, shuningdek, bunday tergovga nisbatan "Rossiyadan juda xavotirda va talabchan" ekanligini aytdi.

Avvalroq Berlinda Aleksey Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea ortida Moskva turgan degan xulosaga kelsa, Germaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga tayyor bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

20 avgust kuni Aleksey Navalniy uchayotgan samolyot shoshilinch ravishda Omskga qo‘ndi, u yerdan kasalxonaga yetkazildi. 21 avgust kuni shifokorlar asosiy tashxis metabolik kasalliklar ekanligini ye’lon qilishdi. Ayni paytda Navalniy komada, u Germaniyaga yetkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!