Fransiya COVID-19ning ikkinchi to‘lqiniga tayyorlanmoqda

Fransiya COVID-19ning ikkinchi to‘lqiniga tayyorlanmoqda

Fransiya birinchi jangda g‘alaba qozondi. Ammo ikkinchi to‘lqin qarshisida ojiz qolmaslik uchun tayyor turishi kerak.

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘i Jerom Salomon ma’lum qildi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 90 ga yaqin COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan. Yetti yarim mingdan ortiq kishi shifoxonalarda davolanmoqda. Ularning 530 dan ortig‘i og‘ir ahvolda.

Shu bilan birga, fransuz rasmiylari koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini bo‘lgan taqdirda qayta izolyasiya qilish rejasini ishlab chiqishgan.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha Fransiyada 169 mingdan ortiq COVID-19 kasalligi aniqlangan. Ushbu kasallikdan deyarli 30 ming kishi vafot etgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!