Farzandini majburan vegetarian bo‘lishga undagan ota-ona jazolandi

Farzandini majburan vegetarian bo‘lishga undagan ota-ona jazolandi

Shvesiyaning Gyoteborg shahar sudi qizini vegetarian bo‘lishga majburlagan ota-onani jazoladi. Bu haqda “Dagens Nyheter” nashri xabar berdi.

Ota-onaning qilgan ishi haqida qizning kasalxonaga yotqizilgani va B12 vitaminining yetishmovchiligi tufayli kelib chiqqan xastalik haqida ma’lum bo‘lgandan so‘nggina ijtimoiy xizmatning e’tiborini tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq faqatgina sabzavotlar iste’mol qilgan. Hech qanday vitaminli qo‘shimchalar qabul qilmagan. Hattoki tibbiy tekshiruvlardan ham o‘tkazilmagan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ota-ona uch oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Qizaloqni esa boshqa bir oilaga topshirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!