Farg‘onada o‘g‘il onasining barmoqlarini kesib tashladi

Farg‘onada o‘g‘il onasining barmoqlarini kesib tashladi

Bu haqda Zamon informasion dasturi orqali xabar berildi.

Xabar berilishicha, oxirgi paytlarda Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroning ruhiy salomatligida o‘zgarishlar kuzatilgan. Onaning so‘zlariga qaraganda, o‘g‘lining ahvoli yomon holatga kelib, ko‘ziga tez-tez bir nimalar ko‘rinadigan bo‘lib qolgan. Shundan so‘ng, ona o‘g‘lini bir necha marotaba shifoxonaga olib kelib, ma’lum vaqt davolatgan. O‘sha kuni ham uning ko‘ziga bir nimalar ko‘ringan va onasini kaltaklab ketgan. Shuningdek, o‘g‘il qo‘lidagi qaychi bilan onasining barmoqlarini kesib tashlagan.

«Hovlida tok qaychi bor edi. Uzumlarni kesardik. Qo‘liga tok qaychi tushib qolibdi, o‘zimni eplay olmadim», — dedi ona.

Onasiga jarohat yetkizgandan so‘ng, o‘g‘il qo‘lida pichoq bilan ko‘chaga chiqib ketgan. U Toshloq tumanidan Marg‘ilon shahridagi bozorga kelgan. So‘ngra, mato sotiladigan joyda o‘ziga shikast yetkazgan.

«Shu yerda o‘ziga qattiq pichoq urdi. Tahminan 7-8 santimetr qorniga pichoq kirdi», — dedi bozordagi sotuvchilardan biri.

U o‘zini shikastlagandan keyin, u yerdan ham qochib ketgan. Shifokorlar va organ xodimlari uni Marg‘ilon shahridagi Mustaqillik ko‘chasida ushlashgan. Uning ahvoli og‘ir bo‘lgani sababli, shoshilinch ravishda operasiya qilingan.

«Xirurglar brigadasi tezlik bilan uni operasiyaga oldik. Chunki qorin sohasida katta tig‘li jarohat bor edi», — dedi shifokor.

Tez tibbiy yordam xodimlari ko‘magi bilan qon to‘xtatib qolingan. Bemorning ruhiy holati hamon o‘zgarmagan. U savollarga javob berishni istamayapti. Psixiatr kelib bir necha marotaba gaplashmoqi bo‘lgan, lekin bemor hech narsa aytmagan. U faqat tinmasdan yig‘layapti.

«Jinoyat sodir bo‘lgani uchun hozirda chuqur darajadagi depressiya diagnozini qo‘ydim. Umumiy holat yaxshilangandan so‘ng uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizish kerak bo‘ladi», — dedi Marg‘ilon shahar bosh psixiatri.

Yuzi va qo‘llaridan jarohatlangan onaning ahvoli og‘ir bo‘lgani sababli uni ham operasiya qilishgan.

«Ikkala qo‘llari beshinchi va birinchi barmoqlari kesilgan holda olib kelindi. Ahvol yomonligi sababli tezda operasiyaga olingan. Hozirda onaning ahvoli qoniqarli», — dedi travmatolog.

IIB axborot xizmati xabarlariga ko‘ra, yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!