Farg‘onada qarzga olingan "Jentra"ni boshqaga sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada qarzga olingan "Jentra"ni boshqaga sotib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

11-oktyabr kuni fuqaro A.I IIBga murojaat qilib, unda 24-iyun kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi bo‘lgan “Jentra” rusumli avtomashinasini 16.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pullarini bir oy muddatda berishni aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!