Farg‘onada nega "Cobalt" haydovchisiga "Spark" tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik xati kelgani ma’lum bo‘ldi (FOTO)

Farg‘onada nega "Cobalt" haydovchisiga "Spark" tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik xati kelgani ma’lum bo‘ldi (FOTO)

Joriy yilning 20 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Cobalt" haydovchisiga "Spark" tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik xati kelibdi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavhada ko‘rsatilib o‘tilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror o‘rganilganda, Farg‘ona viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimi tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yilgani, ya’ni, 2021 yilning 12 yanvar kuni soat 13:41da Farg‘ona viloyati, “Sohibqiron ko‘chasi” yo‘nalishida 1969 yilda tug‘ilgan, “Spark” rusumli, 10 S 715 RA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlanganligi maxsus moslama yordamida qayd etilganligi, qayd etish vaqtida avtomatik tarzda 40 S 715 RA davlat raqam belgisidagi “R” harfi “R” bo‘lib, 40 S 715 RA raqami bilan qayd etilganligi, mas’ul nazoratchining e’tiborsizligi sabab, ushbu jarima “Kobalt” rusumli, 40 S 715 RA davlat raqam belgili avtomobil mulkdorining yashash manziliga yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni vaqtda ushbu qoidabuzarlik yuzasidan “Kobalt” rusumli, 40 S 715 RA davlat raqam belgili avtomobil mulkdori M.M.ga nisbatan tasdiqlangan jarima solish to‘g‘risidagi qaror belgilangan tartibda bekor qilingan.  

Farg‘onada nega "Cobalt" haydovchisiga "Spark" tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik xati kelgani ma’lum bo‘ldi (FOTO)

Shuningdek, ushbu xatolikka yo‘l qo‘ygan nazoratchi mas’ulga nisbatan Farg‘ona viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!