Farg‘onada fojia! Qimorda yutqazgan erkak qo‘shnisining homilador xotinini o‘ldirdi

Farg‘onada fojia! Qimorda yutqazgan erkak qo‘shnisining homilador xotinini o‘ldirdi

Farg‘onalik erkak qo‘shnisining xotinining qotiliga aylandi. Bu haqda Farg‘ona viloyat sudining sudyasi Feruza Siddikova Aniq.uz'ga xabar berdi.

Yon qo‘shni jon qo‘shni deb xalqimizda bejiz bu naql aytilmaydi. B.Zokirov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 2020 yil yoz oylaridan boshlab internet tarmoqlari orqali qimor o‘yinlari o‘ynab, 100.000.000 so‘mdan ziyod pul yutqazib, qarzlarini to‘lash uchun tanishlaridan qarzga pul mablag‘lari olib o‘z vaqtida qaytarib bera olmasdan 2021 yil 22 iyun kuni yon qo‘shnisi O.Qaxxorovga qarzlari ko‘payib ketgani uchun o‘z vaqtida qaytara olmayotganini aytib, 5.000 AQSh dollari miqdorida qarz berib turishni so‘ragan.

Shunda, O.Qaxxorov 5.000 AQSh dollari puli borligi, lekin qurilish ishlari olib borayotgani sababli faqat 2.000 AQSh dollari berib turishini aytib, B.Zokirovga 2.000 AQSh dollari miqdorida pul bergan.

Bundan qoniqish hosil qilmagan B.Zokirov qo‘shnisi O.Qaxxorovning uyida yana pul borligi, kunduz kunlari u uyda bo‘lmasligi, faqat uyda uning turmush o‘rtog‘i M.Qaxxorova yolg‘iz qolishini bilib, uning uyiga g‘ayriqonuniy tarzda kirib pullarini qo‘lga kiritish jinoiy rejasini tuzgan.

Rejaga ko‘ra, B.Zokirov 2021 yil 23 iyun kuni soat 10:00 larda, O.Qaxxorovning xonadoniga, uyda hech kim yo‘qligi va uning turmush o‘rtog‘i M.Qaxxorova ham ko‘chada ekanini bilib, ularning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uydagi pullarni yashirin ravishda qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtda, M.Qaxxorova uni ortidan xonadonga kirib qoladi, B.Zokirov jinoiy harakatlarini davom ettirib, oshxonadagi xo‘jalik pichog‘ini olib, M.Qaxxorovaning homilador ekanini bilgan holda, unga hujum qilib, pichoq bilan uning ko‘krak va bilak sohalariga bir necha marta urib, bo‘yin sohasini kesib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohat yetkazib hodisa joyidan qochib ketgan.

O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan M.Qaxxorova shu kuni kasalxonada vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudining 2021 yil 5 oktyabrdagi hukmi bilan B.Zokirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Yaxshilikni bilmagan qo‘shni B.Zokirovga aslida bu jazo ham kam lekin qonun barcha uchun barobardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!