Fakt: O‘zbekistonning faqatgina 5,8 million aholisi rasman ishlaydi

Fakt: O‘zbekistonning faqatgina 5,8 million aholisi rasman ishlaydi

O‘zbekistonning 13,2 million ishga layoqatli faol aholisining bor-yo‘g‘i 5,8 millioni (44 foizi) rasman ish bilan band ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi olib borgan tahlillarida ko‘rsatib o‘tilgan.

Aholining qolgan qismi, shu jumladan, mehnat muhojirlari mehnatning “qora” bozorida ish olib boradi va maoshini “konvertda” oladi.

Soliq qo‘mitasining ta’kidlashicha, bu odatda ish beruvchilarning xarajatlarni pasaytirish uchun soliqlardan qochishi ortidan sodir bo‘ladi.

Ish haqining “konvertda” to‘lanishi ko‘pincha hisobga olinmagan tushum aylanmasi hisobidan amalga oshiriladi, shu tariqa bitta qonunbuzarlik, boshqasini keltirib chiqaradi.

Soliq xizmatlari organlari tomonidan ushbu holatlarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan ko‘plab hiylalar, amalda aksincha, bu xarajatlarning o‘zini juda ko‘paytirib yuboryapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!