Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?

Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Bizlardan birortamiz hayz ko‘rgan bo‘lsa va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni quchoqlamoqchi bo‘lsalar, hayzining avvalida ishton kiyishga buyurar, so‘ngra quchoqlar edilar. Qay biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shahvatlariga molik bo‘lganlaridek shahvatiga molik bo‘la olar edi?»

Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

299. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidda e’tikof o‘tirganlarida boshlarini men tomonga chiqarar edilar. Men hayzli holimda uni tarab qo‘yar edim».

Boshqa rivoyatda: «Hayz holimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshlarini yuvib qo‘yar edim», deyilgan.

Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

300. Kabsha bint Ka’b ibn Molik roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

U Abu Qatodaning o‘g‘lining xotini edi. «Abu Qatoda (uyimizga) kirdi. Men uning tahoratiga suv quyib berdim. Shunda bir mushuk kelib, undan ichdi. U esa, ichib olishi uchun idishni unga engashtirib tutdi. U o‘ziga qarayotganimni ko‘rdi va: «Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?» dedi. «Ha», dedim. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir, deganlar», dedi».

Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja, Ibn Xuzayma, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilishgan.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!