EXHTda 26 yil ichida ilk bor jurnalistlar xavfsizligi bo‘yicha bir qarorga kelindi

EXHTda 26 yil ichida ilk bor jurnalistlar xavfsizligi bo‘yicha bir qarorga kelindi

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (EXHT) a’zo davlatlar jurnalistlar xavfsizligi va so‘z erkinligiga taalluqli hujjatni qabul qilishga kelishib olishdi. Bu haqda Italiya tashqi ishlar vaziri, joriy yilda tashkilotda raislik qilayotgan Enso Moavero Milanezi ma’lum qildi.

“EXHT 26 yildan keyin ilk bor jurnalistlar xavfsizligi, matbuot, plyuralizm (turfa fikrlik) erkinligi, jurnalistlar og‘ir sharoitda bo‘lganda, ularga ta’qib xavf solayotganda ularning xavfsizligiga taalluqli hujjatni qabul qilish bo‘yicha bir qarorga keldi”, deb aytgan Milanezi YEXHT tashqi ishlar vazirlari kengashi yakunlariga ko‘ra o‘tgan matbuot anjumanda.

Uning aytishicha, hujjatni endi yakuniga yetkazish va tarqatish kerak bo‘ladi.

“Biz 26 yil davomida bu kelishuvga kelolmaganmiz. Bunday yakdil qaror demokratiya va plyuralizmning bu bandini fuqarolik jamiyatiga tatbiq qilishni ta’minlaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan Italiya vakili.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!