Evropada mavsumning eng yaxshi assistentlari nomi ma’lum bo‘ldi

Evropada mavsumning eng yaxshi assistentlari nomi ma’lum bo‘ldi

2023/24 yillarda "Nyukasl", "Bavariya" va "Inter" futbolchilari eng yaxshi assistentlar ro‘yxatidan joy oldi. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Eslatma: mavsumning avvalida turganimiz uchun biz eng kuchli beshta nomni ro‘yxatga kiritdik. Bu ro‘yxat 10 talik qilib kengaytiriladi.

5. Kiran Trippyer – 6 ta assist

"Nyukasl Yunayted" sardori yana bir mavsumni fantastik tarzda o‘tkazmoqda. Trippyer aslida sentyabr oxiriga qadar birorta golli uzatma ijro etmagandi. Ammo "Sheffild Yunayted"ga qarshi 8 ta goldan uchtasida Trippyer assistent bo‘ldi. Bu orqali u o‘z ishonchini yana qaytarib oldi. Qanot himoyachisi "Kristal Pelas", "Vest Xem", "Byornli" va "PSJ"ga qarshi assistlar qayd eta oldi.

4. Leroy Sane – 6 ta assist

"Manchester Siti"dan ketib, o‘z baxtini topgan futbolchilar ichida Sane ham bor. 27 yoshli hujumchi joriy mavsumda ham unumdor harakat qilmoqda. Uning hisobida hozirga qadar 8 ta gol va 6 ta assist mavjud. Bunda unga Xarri Keyn katta yordam bermoqda. Umuman olganda, bu juftlik bir-biriga gol urishda yordam berish bilan band.

3. Markus Tyuram – 6 ta assist

Fransiya terma jamoasi a’zosi "Inter"ga o‘tib, xato qilmadi deyish mumkin. U yozda "Borussiya Myunxengladbax" safini tark etgan edi. Tyuram bu mavsumda jami 10 ta golda ishtirok etdi. Shundan 6 tasi assist sanaladi. Markus ham xuddi Sane-Keyn singari Lautaroga yaxshi juft bo‘la oldi.

2. Xavi Simons – 7 ta assist

Odamlar Simons haqida, hali u "Barselona" akademiyasida ekanida gapirishni boshlagandi. Vaqt o‘tishi bilan, yosh hujumchi "PSJ" safiga keldi. U yerdan esa "PSV"ga sotib yuborildi. Bu yozda Xavi qayta sotib olinib, "Leypsig"ga ijaraga berildi. Bundesligada niderlandiyalik talant 7 ta assist va 3 ta golga mualliflik qildi. 20 yoshli hujumchi bu ketishda "PSJ"ga qaytib borib, asosiy tarkibdan o‘rin egallaydi.

1. Pedru Netu – 7 ta assist

Bir necha yillardan beri futbol olamiga tanish bo‘lib ulgurgan futbolchi, "Vulverxempton"da yulduzga aylandi. U Diyegu Jota o‘rnini egallay oldi. Jarohatlardan qiynalayotganiga qaramasdan, portugaliyalik ajoyib harakat qilmoqda. Netu APLda "Nyukasl", "Liverpul", "Kristal Pelas", "Everton" hamda "Aston Villa" darvozasini ishg‘ol etishda bevosita ishtirok etgan edi. U va Xvang Xi-Chan dueti, hozircha o‘zini oqlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!