Evropa Ittifoqi davlatlarida majburiy emlanish joriy etiladi

Evropa Ittifoqi davlatlarida majburiy emlanish joriy etiladi

Evrokomissiya ittifoq davlatlariga o‘z hududida koronavirusga qarshi majburiy emlash joriy etish huquqini berdi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot kotibi Stefan-De Keersmaker e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, COVID-19 ga qarshi majburiy vaksinasiya e’lon qilish YEI a’zo davlatlarining milliy hukumatlari vakolatiga kiradi.

Bunday qaror Fransiya hukumatining ayrim guruhlarni majburiy emlash va samolyot, poyezd va restoranlar faqat emlanganlar kiritilishi haqidagi e’loni fonida qabul qilindi. Emlanmagan tibbiyot xodimlari ishdan bo‘shatiladi. Prezident Makron "ertami, kechmi aholini majburiy vaksinasiya qilish masalasi o‘rtaga chiqishini" aytdi.

Ayni paytda Germaniya kansleri Angela Merkel majburiy vaksinasiya joriy qilmasligini, chunki Germaniya fuqarolari orasida COVID-19ga qarshi emlanishni istovchilar ko‘pchilik ekanini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!